Botir Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Botir Rasulov (1948.30.4, Toshkent viloyati Yangiyul shahri) — dirijyor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkent konservatoriyasini gʻijjak ijrochiligi (1971) hamda operasimfonik dirijyorligi (1979) ixtisosliklari buyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1971—74), Madaniyat institutida oʻqituvchi (1974— 79), Toshkent operetta teatrida dirijyor, bosh dirijyor va badiiy rahbar (1979 yildan), ayni paytda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1979 yildan), dotsent (2001 yildan), Oʻzteleradiokompaniyaning Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari (2000—2002). Dirijyor repertuaridan L.Betxoven, G.Berlioz, P.Chaykovskiy, I.Brams, M.Tojiyev, M.Mahmudov va boshqa kompozitorlar asarlari oʻrin olgan. R. oʻzbek kompozitorlari (S.Yudakov, Gʻ.Qodirov, F.Nazarov va boshqalar) hamda jahon mumtoz (I.Brams, P.Sarasate, N.Paganini) asarlarini gʻijjakda ijro etib grammplastinkaga yozdirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil