Botiniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Botiniylar (arab, botin ichkari, yashirin, sirli) — islomdagi mafkuraviy oqimlardan birining tarafdorlari. 8-asrda vujudga kelgan. Bu oqim tarafdorlari Qurʼon oyatlari va hadislarni zohiriy va lugʻaviy talqin etishga qarshi chiqqan. Ularning iddaolaricha, oyat va hadislarning zohiriy maʼnolarini emas, balki zimnidagi yashirin mazmunlarini olish zarur emish. Bu aqida bilan ular islom shariatiga qarshi chiqqan boʻldilar. Zero shariat hukmi boʻyicha oyat, hadis va boshqa barcha manbalarning iboralari, u qaysi tilda boʻlmasin, zohiriy, lugʻaviy va istilohiy maʼnolariga asoslangan holda talqin etiladi. Baʼzi fasohat, kinoya, tanbeh, istiora, ishora kabi soʻz oʻyinlari, "mutashobih" oyatlar va tasavvufiy talqinlar bundan mustasnodir. Islomning "Ahli sunna va jamoa" aqidasiga binoan, B. shariatga xilof eʼtiqodda boʻlganliklari uchun dinsizlar qatorida sanalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil