Boston (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boston
Boston 1977
Chapdan oʻngga: Barry Goudreau, Tom Scholz, Sib Hashian, Brad Delp, Fran Sheehan (1977-yil)
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Boston shahri, Massachusetts shtati
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Faoliyat yillari 1975-yildan hozirgacha
Janr Hard rock, progressive rock, arena rock
Leybl Epic Records, MCA Records, Artemis Records, Frontiers Records
Tarkib Tom Scholz
Gary Pihl
Curly Smith
Jeff Neal
Tommy DeCarlo
Tracy Ferrie
Sobiq aʼzolar Brad Delp
Jim Masdea
Fran Sheehan
Sib Hashian
Barry Goudreau
David Sikes
Doug Huffman
Fran Cosmo
Anton Cosmo
Anthony Citrinite
Michael Sweet
David Victor
Kimberley Dahme
Beth Cohen
Vebsayt bandboston.com

Boston — AQShdagi rok guruh. 1970—1980-yillarda mashhurlikka erishgan. Oʻz faoliyati davomida 6 ta musiqiy albomlarini chiqarishgan. „Boston“ nomli birinchi musiqiy albomi 20 million nusxadan ortiq sotilgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tom Scholz

Guruhning yetakchisi doim Tom Scholz boʻlgan[2], qolgan guruh aʼzolari maʼlum vaqtlarda almashib turgan. Tom Scholz talabalik davridayoq yozgan qoʻshiqlarining koʻpchiligi ilk albomi „Boston“dan joy olgan[3]. 1976-yilda ushbu albomning chiqishi pank-rok va diskoga qiziqishi boʻlgan yoshlarning klassik rokga qaytishiga sabab boʻladi. Albom AQSh tarixida eng koʻp sotilgan ilk albomlardan biri hisoblanadi (17 million nusxada sotilgan)[4].

Queen bilan bir qatorda guruh murakkab gitara ohanglarini ishlab chiqishi XX asning 80-yillarida mashhur boʻlgan Def Leppard kabi guruhlarning musiqasi asosida muhim rol oʻynaydi. Ilk albomdagi „More Than a Feeling“[5] qoʻshigʻi rok musiqa tarixida eng mashhur stadion madhiyalaridan biriga aylanadi.

Oʻz vaqtida Kurt Kobeyn „Smells Like Teen Spirit“ qoʻshigʻidagi gitara ohangining asosi „More Than a Feeling“ qoʻshigʻi kuyidan olinganligini tan olgan. Jumladan, 1992-yil avgust oyida Reading shahrida boʻlib oʻtgan festival konsertida Nirvana guruhi birinchi superxit qoʻshigʻi naqadar bezor qilgani tufayli „Smells Like Teen Spirit“ qoʻshigʻining kirish qismida „More Than a Feeling“ qoʻshigʻining naqoratini kuylab, asosiy riffini chalishadi.

1978-yilda guruhning ikkinchi musiqiy albomi „Donʼt Look Back“[2][3] chiqib va 7 million nusxada sotiladi. Jamoa aʼzolari darhol uchinchi musiqiy albom diskini yozib olishga tayyor edilar, ammo Tom Scholz yangi albomni tayyorlash vaqt talab qilishini taʼkidlab, bunga koʻnmaydi. Scholzning bu oʻjarligi tufayli 1979—1983-yillarda Boston guruhining amalda oʻz faoliyatini toʻxtatishga sabab boʻldi.

1986-yilda guruhning uchinchi musiqiy albomi chiqadi va albom „Third Stage“[2][3] deb nomlandi. Guruh muxlislari keyingi musiqiy albom „Walk On“[3] diskini sakkiz yil kutishga majbur boʻladilar, beshinchi musiqiy albom „Corporate America“ diski ham sakkiz yildan soʻng sotuvga chiqadi. 2007-yilda guruhning bosh xonandasi Brad Delp oʻz joniga qasd qiladi[2]. Guruh Delp vafotida soʻng musiqiy faoliyatini toʻxtatmaydi.

2009-yil yanvar oyida guruhning Greatest Hits toʻplami qayta yangilangan (remaster) shaklda chiqarildi.

Vaqt shkalasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chapdan oʻngga: Boston guruhi aʼzolari Scholz, Sweet, DeCarlo, Dahme va Pihl (2008-yil)
Brad Delph

Musiqiy albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Albom nomi Billboard 200[6] UK Albums Chart[7] RIAA Certification[8] BPI[9]
1976 Boston 3 11 17× platinali Oltin
1978 Donʼt Look Back 1 9 7× platinali Kumush
1986 Third Stage 1 37 4× platinali
1994 Walk On 7 - Platinali
2002 Corporate America 42 -
2013[10] Life, Love & Hope 37 -

Toʻplami[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom
1997 Greatest Hits

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gil Kaufman. „Brad Delp, Singer For '70s Rock Icons Boston, Died Virtually Anonymous“ (ingliz tilida) (2007-yil 12-mart). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Paul Elliott. „The Boston albums you should definitely own“ (ingliz tilida) (2022-yil 10-mart). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „The History of Rock Music. Boston: biography, discography, reviews, links“ (ingliz tilida). 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  4. „Boston Biography profile of rock band Boston“ (ingliz tilida). 2013-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  5. Joannie Penderwick. „Bostonʼs More Than A Feeling: a happy-sad fantasy song of lost love and nostalgia“ (ingliz tilida) (2022-yil 1-iyun). 2022-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  6. „allmusic (((Boston > Charts & Awards > Billboard Albums))“ (ingliz tilida). 2008-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  7. „everyHit.com search results“ (ingliz tilida). 2008-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  8. „RIAA — Gold & Platinum — July 02, 2010“ (ingliz tilida). 2007-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  9. „The Bpi“ (ingliz tilida). 2013-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  10. „Upcoming CD Releases“ (ingliz tilida). 2010-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.