Bosmillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bosmillar, basmillar (xitoy manbalarida boʻma, bila, xe la — ola, chavkar ot degani) — toʻqqiz oʻgʻuz qabilalaridan biri. Xitoy manbalarida dastlab Suy xoqonligi (581—618) davrida tilga olinadi. B. Beshbaaiq shahrining jan.dan to Baykalgacha boʻlgan hududda yashashgan. Xitoy manbalarida B. atamasi ularning otlari chavkar boʻlganligidan olingan deyiladi. B. asosan chorvachilik, ovchilik va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan. 7-asrda B.ning 5 ta katta urugʻdan iborat kabila ittifoqi tashkil topib, uning 30 ming saralangan qoʻshini, 300 ming oti boʻlgan. 8-asrdan uygʻur va B. boshchiligidagi toʻqqiz oʻgʻuzlar Koʻk turk xoqonligiga qarshi qudratli kuchga aylangan. B. yetakchi boʻlgan uygʻur va qarluq qabilalari birlashmasi Koʻk turk xoqoni Oʻzmish (740—742) ni oʻldirib Bosmil xoqonligi (742—744) ni tuzishgan. B. boshligʻi Elteris qogʻon unvoni bilan taxtga oʻtiradi. Xoqonlikning sharqiy qismini uygʻurlar egallab, ular soʻl yobgʻu, gʻarbiy qismiga qarluqlar joylashib ular oʻng yobgʻu deb nomlangan. Xitoy B. xoqonligi bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatishga intilgan. Uygʻurlar soʻnggi turk xoqoni Boʻlmish (Baymi, 742—745)ni oʻldirib, soʻngra qarluklar bilan birga sobiq ittifoqchilari B.ga hujum qilishgan, Elteris xoqon oʻldirilgan. Natijada B. xoqonligi tugatilib, B. tarqab ketganlar. Oltoy bilan Tangritogʻ (Tyanshan) oraligʻida yashaydigan B. keyinchalik Uygur xoqonligi tugatilgach, Idiqut xonligini tashkil topishida ishtirok etgan. 11—12-asrlarda B. Qoraxoniylar davlati hududidagi boshqa turkiy qabilalar bilan aralashib== Adabiyotlar ==

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mahmud Koshgʻariy , Devonu lugʻotit turk, 1j., T., 1960; Malyavkin A. G., Tanskiye xroniki o gosudarstvax Sentralnoy Azii, Novosibirsk, 1989.