Bosma taboq
Qiyofa
Bosma taboq — nashrning haqiqiy (amaldagi) hajmi oʻlchov birligi. Bichimi (formati) 60x90 sm boʻlgan qogʻoz varagʻining bir tomonidagi nusxa. Standart oʻlchamli va boshqa oʻlchamlarga ega boʻlgan qogʻozdagi nusxa shu oʻlchamlar uchun fizik Bosma taboq deb ataladi. Nashr mahsulotlarni hisobga olishda har qanday oʻlchamdagi qogʻoz uchun hisoblangan Bosma taboq 60x90 sm bichimdagi qogʻoz oʻlchov birligi sifatida olinib, shartli taboqlarga qayta hisoblanadi (yana qarang Mualliflik tabogʻi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |