Bosma sxema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bosma sxema — radioelektronika qurilmasining uzeli (qismi); bosma montaj usulida uning platasiga (qarang Bosma plata) rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik gʻaltagi va h.k. tushiriladi. Radioapparatura, EHM va radioelektronika jihozlarini montaj qilishda qoʻllaniladi. Murakkab montaj ishlarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Bosma sxema hosil qilish uchun, avvalo, radiodetallar oʻrnatiladigan dielektrik (mas, getinaks) plastina sirtiga montaj simlar uchun chuqurchalar qilinadi va ular maxsus metall eritmasi bilan toʻldiriladi. Metall eritmasi qotgandan soʻng radiodetallar oʻzaro puxta bogʻlanib qoladi. B. yeli radioelektronika asboblari oddiy sxema asosida qurilgan asboblardan ancha mustahkam boʻladi. Hozir ishlab chiqarilayotgan televizorlarda asosan Bosma sxema qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil