Bosma plata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bosma plata — bosma montaj usulida tok oʻtkazgichlari va kontakt "tugmachalari" oʻrnatilgan hamda metallangan (oʻtish) va metallsiz (mahqamlash) teshiklari qilingan plastinka. U getinaks, tekstolit va boshqa materialdan yasaladi. Plataga oʻrnatiladigan rezistorlar, diodlar, kondensatorlar va h.k. biror usulda (mas, fotokimyoviy usulda) yupqa va ensiz elektr oʻtkazuvchi lentalar yordamida bir-biriga ulanadi. Bosma plata radioelektron qurilmalarda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil