Bosma mashina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bosma mashina — kitob, gazeta, jurnal, broshyura, etiketka, plakat va boshqa matbaa mahsulotlari chop etiladigan mashina. Matbaa jihozlaridan asosiysi hisoblanadi. Dastlabki Bosma mashina (bosma stanok)ni nemis ixtirochisi I. Guttenberg 1441—45 yillarda ixtiro qilgan.

Bosma mashina ning asosiy uzellari: boʻyoqni qolipdan qogʻozga oʻtkazuvchi bosish apparati; qolipga boʻyoq surkash apparati, qogʻozni bosish apparatiga uzatuvchi va nusxalarni mashinadan chiqaruvchi qogʻoz oʻtkazish mexanizmi; bosilgan mahsulotlarni qabul qiladigan va ularga ishlov beradigan qoʻshimcha qurilma; mashinani boshqarish yuritmasi va tizimi.

Bosish usuliga koʻra, bosmaxona Bosma mashina si yuqori bosma, tekis bosma va chukur bosma xillarga boʻlinadi. Bosish qolipi va unga qogʻoz (yoki boshqa material)ni siqib turuvchi sirtning turiga koʻra, tigelli, tekis va rotatsion Bosma mashina lar boʻladi (rasm). Tigelli Bosma mashina da nusxalar ikki sirt — bosma qolip va qogʻozni qolipga siqib turuvchi tigelning oʻzaro taʼsiri natijasida olinadi. Unda blanklar, muqovalar, bezaklar bosiladi. Tekis Bosma mashina da bosma qolip bir tekislikda yotadi, qogʻozni shu qolipga silindr siqadi. U bezak va koʻp boʻyoqli bosmalar uchun moʻljallangan. Rotatsion Bosma mashina da qolip va unga qogʻozni siqadigan sirt silindr shaklida boʻladi; ular bir xil tezlikda aylanadi. Bunday mashinada gazeta, jurnal, kitob, blanklar, bilet va boshqa mahsulotlar bosiladi. Bosma mashina qogʻoz turiga qarab ham xillarga boʻlinadi: varaqlarga bosadigan va qogʻoz oʻrami (rulon) dan uzluksiz uzatib turiladigan qogʻozga bosadigan (rotatsion) mashinalar. Bosma mashina qogʻozdan tashqari temir, karton, oyna, plastmassa, toʻqimachilik materiallari va boshqalarga bosadigan xillarga ham boʻlinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil