Bosinqirash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bosinqirash — uyqusirash uyquning buzilish xillaridan biri. Bunda kishi hadeganda uxlay olmaydi, uxlaganida ham har xil qoʻrqinchli tushlar koʻradi. Uyqusida gʻuldirab, tushunib boʻlmaydigan, mazmunsiz gaplar aytadi, gʻalati tovushlar chiqaradi. Ruhiy yoki jismoniy jihatdan qattiq charchagan kishilar, shuningdek ichki kasalliklar bilan ogʻrigan baʼzi bemorlar oʻqtinoʻqtin bosinqiraydi. Ayrim hollarda B. baʼzi ruhiy kasalliklarning ilk belgisi boʻlishi ham mumkin. B. odati bor kishilar, albatta, shifokorga uchrashib, tegishli maslahat olishlari, B. sababini aniqlab, davolatishlari lozim. Bosinqiraydigan kishilar yotishdan oddin kofe, achchiq choy ichish, shuningdek hayajonlanadigan kitob oʻqish yoki film koʻrishga odatlanmasliklari kerak. B.ning oldini olishda eng muhim vosita uyqu oldidan ochiq havoda sayr qilishdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil