Boshqariladigan ballistik raketa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boshqariladigan ballistik raketa — raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan taʼminlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi (kallagi)ni nishon turgan joyga yetkazib beradi. Jangovar qismining uchish trayektoriyasi (yoʻnalishi) boshqariladi. Boshqariladigan ballistik raketa r. 3 xil: taktik, operativtaktik va strategik xillarga boʻlinadi. Taktik Boshqariladigan ballistik raketa r.lar bir necha oʻn km ga otiladi. Undan umumqoʻshin qismlari va qoʻshilmalari jangovar vazifalarini bajarishda foydalaniladi. Operativtaktik Boshqariladigan ballistik raketa r. bir necha yuz km ga otiladi. Bu xil raketalardan yirik qoʻshilmalar (mas, korpus, armiya) jangovar harakatlarida foydalaniladi. Strategik Boshqariladigan ballistik raketa r. ikki: oʻrtacha uzoqlikka otiladigan va qitʼalararo turlarga boʻlinadi. Raketa dvigateli tipiga koʻra, Boshqariladigan ballistik raketa r.larning qattiq yoqilgʻi, suyuq yonilgi, yadro energiyasi bilan ishlaydigan xillari boʻladi. Boshqariladigan ballistik raketa r.lar yer yuzasi, yer ostiga qurilgan inshoot, kema, suv osti kemasidan uchirilishi mumkin. Shunga kura, Boshqariladigan ballistik raketa r.lar "erer", "erkema", "kemayer", "kemakema" sinfidagi raketalarga boʻlinadi. Boshqariladigan ballistik raketa r. tikka uchiriladi. Boshqariladigan ballistik raketa r. tegishli balandlikka koʻtarilgach, boshqaruvchi asboblar yordamida gorizontal harakatga oʻtkaziladi. Dvigatel toʻxtagandan keyin raketa oʻz inersiyasi bilan artilleriya snaryadi kabi uchadi. Uchirilgan raketa 2 xil usulda — avtonom (mustaqil) va aralash tizimda boshqarilishi mumkin. Avtonom tizim inersiyaga asoslangan boʻlib, radioaloqa ishlamay qolgandagina raketaning uchishini boshqaradi. Biroq bunda nishonga yetib borish aniqligi kamayadi. Uchish dasturi raketaning boshkarish tizimidagi asbobga oldindan oʻrnatib qoʻyiladi. Raketa uchishiga doyr buyruq yerdagi boshqarish punktidan raketaning radio orqali boshqarish tizimiga yuboriladi. Radio orqali boshkarish tizimi raketa dvigateli toʻxtaguncha ishlaydi. Bu tizimdan foydalanilganda raketaning nishonga yetib borish aniql.iM ortadi. Boshqariladigan ballistik raketa r.ning jangovar qismida yadro yoki termoyadro quroli, bakteriologik qurol, kimyoviy va yondiruvchi moddalar boʻlishi mumkin. Boshqariladigan ballistik raketa rlar bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Har qaysi bosqichda dvigatel va boshkarish asboblari boʻladi. Birinchi (pastki) bosqich boshqa bosqichlarga Karaganda ogʻirroq qilinadi. Birinchi bosqich raketani yerdan koʻtaradi, tezligini oshiradi, havoning zich qatlamlaridan oʻtkazib beradi; yoqilgi tugagach, birinchi bosqich ajralib qoladi. Qolgan bosqichlar dvigatellari birinketin ishga tushib, raketaning tezligini oshirib boradi. Ikki bosqichli Boshqariladigan ballistik raketa r.ning tezligi sekundiga 7 km dan, uch boskdchliniki esa ikkinchi kosmik tezlik (sekundiga 11,2 km)dan oshiqroq boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil