Boshliq mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshliq

Boshliq mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700013
Avtomobil kodi 01

"Boshliq" Mahallasi-(„Boshliq“, 19a-uy)-Yakkasaroy tumanidagi mahalla. „Qushbegi“ mahallasi bilan chegaradosh. Mahalla 1981-yilga qadar mayda koʻchalardan tashkil topgan. 1981-yildan ular oʻrniga koʻp qavatli binolar qurilib, „Boshliq“ mavzesi deb nom berilgan, mahalla nomi shundan olingan. Aholisi 8226 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, ozarbayjon va boshqalar ham yashaydi(2008). Mahalla hududida 3 koʻcha, 2 bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, 13 oziq-ovqat doʻkoni, 2 xoʻjalik mollari doʻkoni, 5 oshxona, 3 kafe, 4 sanoat korxonasi, 2 novvoyxona mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 149 bet.