Boshlangʻich pay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boshlangʻich (Qoʻr) pay — shirkat aʼzolarining umumiy ish uchun qoʻshgan dastlabki pul mablagʻi (kooperativ pay, aksiyador pay va boshqalar). Boshlangʻich pay qoʻshish korxona egasiga aylanishning sharti hisoblanadi va korxona molmulkida uning ilk hissasiga teng boʻladi. Agar korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan boʻlsa, Boshlangʻich pay qoʻshgan kishi dastlab uning summasiga teng aksiyani, aksiya miqdoriga qarab esa dividend opgit. Boshlangʻich pay jamoa mulkini barpo etish yoʻllaridan biri, bozor iqtisodiyotiga utishning eng zarur sharti hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boshlangʻich pay" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil