Bosh jome (Devonaboy) masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bosh jome (Devonaboy) masjidi
Devonaboy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon shahri
Manzil Oltinkoʻl koʻchasi
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Sharqona, o'zbek meʼmorchiligi
Binokorlik 20192021
Soʻngi imom Rojiddinov Miftohiddin
Maqomi Tugallangan
Umumiy maydoni 500
Oʻlchami 200x5
Bino maydoni bitta
Hajmi 30x3
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 2x55 metr
Qurilish materiali marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Bosh jome masjidi — 1899-yili qurilgan boʻlib, oʻsha davrda Andijon viloyatida 8 ta diniy muassasalaridan biri aynan ushbu Bosh jome (Devonaboy) masjidi edi[1].

2019-yilning yoz oylarida qayta qurilish ishlari boshlanib, 2021-yil may oyida yakuniga yetdi. Va oʻsha yilning 18-iyun kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini ochib berdi[2].

Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan. Ilgari masjid sig‘imi 5 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni o‘z ichiga sig‘dira oladi. Masjidda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan[3].

"Bu dargohni barpo etishga hissa qo‘shgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak bo‘lsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin", — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev masjidga tashrifida[4].

Imom-xatib: Rojiddinov Miftohiddin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]