Fotima Boruxova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boruxova Fotimadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Fotima Boruxova (1916.9.11, Andijon) — xonanda (dramatik soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Moskva konservatoriyasi qoshidagi Oʻzbek opera studiyasida oʻqigan (1940—42). Oʻzbek davlat musiqali teatri (1935—39), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri (193757), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1957—79) yakkaxoni. Kuchli va baland ovoz sohibasi. Oʻzbek musiqa merosi va kompozitorlar asarlarini badiiy taʼsirchan darajada ijro etgan. Operalardagi asosiy rollari: Oqjunus (Yevgeniy Brusilovskiy, "Er Targʻin"), Zebunniso (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, "Boʻron"), Layli (R. Glier, T. Sodiqov, "Layli va Majnun"), Polina (P. Chaykovskiy, "Pikovaya dama"), Folbin (A. Spendiarov, "Olmos"). Repertuaridan "Mehnat axli" (h. Nosirova bilan hamnafaslikda), "Kanalim", "Chaman ichra", "Yolgʻiz" kabi xalq qoʻshiqlari ham oʻrin olgan. 1992 yildan Isroilda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil