Bortdagi muvaqqat dastur qurilmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bortdagi muvaqqat dastur qurilmasi (kosmonavtikada) — kosmik uchish apparati (kosmik kema) bortiga oʻrnatiladigan elektron asbob. Vazifasi — bortdagi tizimlarning boshqaruvga doir buyruq (komanda)larni belgilangan aniq bir vaqtda berishi. Buyruqlarni berish dasturi, yaʼni buyruqlar ketmaketligi va orasidagi vaqt oldindan (mas, uchishga tayyorgarlik vaqtida) belgilab qoʻyilishi yoki parvoz paytida radioyoʻli orqali Yerdan uzatilishi mumkin. Agar buyruklar Yerdan uzatilsa, bortda kiritilayotgan dasturni xotirada saqlab qoladigan qurilma (xotira qurilmasi) zarur boʻladi. Bortdagi muvaqqat dastur qurilmasi d. q., odatda, yarimoʻtkazgichli elementlardan yasaladigan murakkab elektron tizimdan iborat. U radiosignallar yetib bormaydigan hollarda va Yer bilan qilinadigan radioaloqalar oraligʻida kosmik kemani boshqarishga imkon beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil