Borodino xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Borodino xazinasi — jez dav/n/yodgorligi (miloddan avvalgi 14—13-asrlar). Bessarabiya xazinasi nomi bilan ham yuritiladi. 1912-yil BelgorodDnestrovskiy shahri yonidagi Borodino qishlogʻi yaqinidan topilgan. Borodino xazinasi asosan kumush buyumlarga oltin suvi bilan ishlov berilgan qurolaslahalardan iborat. Ular qabila boshligʻi yoki lashkarboshiga tegishli boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Borodino xazinasi jangovar tosh boltalari shakl jihatidan Kavkaz boltalarini eslatadi. Borodino xazinasi nayzalariga oʻxshash nayzalar Volga boʻyi, Kavkaz va Gʻarbiy Sibirdagi jez davri yodgorliklarida uchrab turadi. Borodino xazinasi gurzilari koʻproq Qora dengiz boʻyi va Kavkaz qabilalarining gurzilarini eslatadi. Bu oʻxshashliklar jez davrida yashagan Bessarabiya qabilalarining Qora dengiz shimoli, Kavkaz, Volga boʻyi va Gʻarbiy Sibir rayonlari, shuningdek Bolqon ya. o. qabilalari bilan madaniy aloqada boʻlganligidan dalolat beradi. Borodino xazinasi buyumlari Moskvadagi Tarix muzeyida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil