Bormashina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bormashina — tishni davolash va sunʼiy tish qoʻyishda tishni silliqlash va tozalash uchun moʻljallangan kesuvchi asbob (bor) ni aylantiruvchi tibbiy apparat. Oyokda, elektr motor va turbina yordamida ishlatiladigan xillari bor. Elektr B. da borning aylanish chastotasi 30 ming ayl/min; turbinali B. da esa 350 ming ayl/min. Turbinali B. da kompressor yordamida qisilgan havo 0,250,35 MN/m2 (2,5— 3,5 kgk/sm2) bosim ostida yuboriladi. B. dan zargarlik va boshqa baʼzi sohalarda ham foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil