Borli oʻgʻitlar
Borli oʻgʻitlar — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holatda bor boʻlgan kimyoviy birikmalar; mikro>tm/yalarning bir turi. Borning har xil tuproqdagi miqdori (1 kg tuproq hisobida) 1,5 mg dan 150 mg gacha boradi. Oʻrta Osiyoning karbonatli tuproqlarida suvda qaynatilganda erib chiqadigan (suvli soʻrim) borning miqdori 1 kg tuproqqa 1 mg dan kam boʻlgan hollardagina Borli oʻgʻitlar ni kullash kerak. Borli oʻgʻitlar sifatida borat kislota, bordatolitli oʻgʻitlar, bormagniyli oʻgʻitlar, borli superfosfat, bura (tanakor) va boshqa qoʻllanadi. Borli oʻgʻitlar ekish paytida boshqa mineral oʻgitlar bilan birgalikda tuproqqa qatorlab solishda, oziqlantirishda va urugʻlarni kimyoviy dorilar bilan birgaqoʻshib changlatishda (1,1 — 1,7 kg/ta hisobida) ishlatiladi. Ekish oldidan urugʻlarni ishlashda (1s urugga 0,005%—0,5% li eritmasidan 6—8 l) sarflanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |