Boris godunov
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Boris godunov (taxminan 1552 1605. 13 (23).4) — rus podshosi (1598-yil dan), boyar Fyodor Godunovning ugli. Ivan IV saroyida tarbiyalangan. Ivan IV vafot etgach (1584), shoh Fyodor (1584—98) ning yagona regenti boʻlib qoladi va amalda mamlakatni boshqardi. Ivan IV siyosatini davom ettirdi. Podsho Fyodor vafot etgach (1598), Zemskiy sobor B. G. ni podsho qilib sayladi. B. G. Polsha bilan boʻlgan sulh muddatini uzaytirib, Shvesiyaga qarshi urush boshladi (1590—93). Natijada Livon urushi (1558—83) davrida qoʻldan ketgan Yam, Oreshek, Ivangorod va boshqa shaharlarni Rossiyaga qaytarib oldi. B. G. davrida Sibir va mamlakatning jan. r-nlarini mustamlakaga aylantirish boshlangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |