Boris Zasipkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boris Nikolayevich Zasipkin (1891-yil, Miass, Orenburg viloyati1955-yil, Toshkent) — rus, sovet me’mori va restavratori.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.N.Zasipkin 1916-yilda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura (MRHA) bilim yurtini tamomlagan. 1912-yildan u Moskvada Kolomen qishlogʻida va Suxarev minorasi binosida restavrasiya ishlarida ishtirok etadi.

U 1919—1923-yillarda Tomsk va Kostroma yodgorliklarini muhofaza etish bilan ham shugʻullanadi.

Boris Zasipkin 1920-yillarning oxirlarida U.Bodaninskiy taklifi bilan Qrimda koʻpgina ishlarni amalga oshiradi. Qrim xonligi me’morchiligi haqida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini bir necha maqolalarida chop qilgan.

1928—1929-yillarda B.N.Zasipkin, U.Bodaninskiy va O.Akchokraklilardan iborat ekspedisiya bilan Chufutqal’aning XIV asrga oid oʻrta asr masjidi qoldiqlarini qazishadi[1].

1934-yilda B.N.Zasipkin hibsga olinib, surgun qilinadi. 1937-yildan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan, yodgorliklarni muhofaza etish boshqarmasida me’mor boʻlib ishlagan. 1953-yildan keyin B.N.Zasipkin Oʻzbekiston yodgorliklarini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanadi.

U 1955-yilda Toshkentda vafot etadi va Botkin qabristoniga dafn etiladi.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • {{{заглавие}}}.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. В. Ф. Козлов. „ОСНОВАТЕЛЬ БАХЧИСАРАЙСКОГО ДВОРЦА - МУЗЕЯ УСЕИН БОДАНИНСКИЙ.“ (12-fevral 2014-yil). 4-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pribytkov AM "B. N. Zasypkin (nekroloq)”//Arxitektura merosi. - M., 1957. - Nashr. 8. - S. 189.