Boris Nemtsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Boris Yefimovich Nemtsov
Борис Немцов
Boris Nemtsov 2014.jpg
Nemtsov 2014-yilning martida
Mansabda
28-aprel 1988-yil — 28-avgust 1988-yil
Hukumat boshligʻi Sergey Kirienko
Viktor Chernomyrdin
Prezident Boris Yeltsin
Mansabda
17-mart 1997-yil — 28-aprel 1998-yil
Prezident Boris Yeltsin
Oʻtmishdoshi Alexey Bolshakov
Viktor Ilyushin
Vladimir Potanin
Vorisi Sergey Kiriyenko
Mansabda
30-noyabr 1991-yil — 17-mart 1997-yil
Oʻtmishdoshi lavozim yaratilgan
Vorisi Ivan Petrovich Sklyarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-oktabr 1959-yil(1959-10-09)
Sochi, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Vafoti 27-fevral 2015-yil(2015-02-27)
(55 yoshda)
Moskva, Rossiya
Oʻlim sababi Qotillik

Boris Yefimovich Nemtsov (ruscha: Борис Ефимович Немцов; 9-oktabr 1959 — 27-fevral 2015) — rossiyalik siyosat va davlat arbobi.

2013-yil 8-sentyabrdan 2015-yil-27 fevralda (oʻldirilguniga qadar), Yaroslavl viloyati dumasining VI chaqiriq deputati.

Rossiya xalq deputati (1990-1993). Nijniy Novgorod viloyatining birinchi gubernatori (1991-1997), Federatsiya Kengashi aʼzosi (1993-1997). Yoqilgʻi va energetika vaziri (1997 yil aprel-noyabr), Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (1997-1998), Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi aʼzosi (1997-1998). U gubernator va bosh vazir oʻrinbosari boʻlib ishlagan paytda, bu lavozimlarda (1998-yil aprelda Sergey Kiriyenko bosh vazir etib tayinlangunga qadar) eng yosh rus siyosatchisi boʻlgan.

1998-yilda u „Rossiya molodaya“ liberal harakatini tuzdi, keyinchalik u „Pravoe delo“ koalitsiyasi (1998-2000) va „Soyuz pravix sil“ partiyasi asoschilaridan biriga aylandi. 1999-2003 — Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi deputati — Davlat Dumasi raisining oʻrinbosari, keyin — „Soyuz pravix sil“ fraktsiyasi rahbari. 2003-yildan keyin u biznes sohasida faoliyat yuritdi, Ukraina prezidenti Viktor Yushenkoning mustaqil iqtisodiy maslahatchisi boʻlgan.

2008-yilda „Soyuz pravix sil“ boʻlinishidan soʻng, sobiq partiya aʼzolari siyosiy kuchga sodiq boʻlgan „Pravoe delo“ da birlashishga qaror qilishganida, u muxolifat „Solidarnost“ demokratik harakatini tuzish tashabbuskorlaridan biri edi; 2008-yildan — harakatning Federal siyosiy kengashi byurosi aʼzosi. 2009-yilda „Solidarnost“ koʻmagi bilan u Sochi meri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatildi va „Yedinaya Rossiya“ nomzodidan keyin saylovlarda ikkinchi oʻrinni egalladi va 13,6 % ovoz toʻpladi. 2010 yilda „Solidarnost“ harakati „Za Rossiyu bez proizvola i korrupsii“ koalitsiyasiga qoʻshildi. 2012-yil 16-iyundan 2015-yil 27-fevralgacha — „Respublikanskaya partiya Rossii — Partiya narodnoy svobodi“ (RPR -PARNAS) siyosiy partiyasi raisi.

Nemtsov post-sovet Rossiya iqtisodiyoti islohotlarining muhim figurantlaridan biri edi.[1] 1990-yillarda prezident Boris Yeltsin davrida muvaffaqiyatli siyosiy faoliyat yuritdi. 2000-yildan to oʻlimigacha Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi edi.

Rossiya muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi aʼzosi. Olim-fizik, fizika-matematika fanlari nomzodi (1985), 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

2015-yil 27-fevraldan 28-fevralga oʻtar kechasi Moskvadagi Bolshoy Moskvoretskiy koʻprigida otilgan[2][3][4]. Troekurovskiy qabristoniga dafn etilgan. 2017-yil iyul oyida besh kishi B. Nemtsovni uyushgan guruh tarkibida yollanma ijarada oʻldirish ayblovi bilan hukm qilindi. Buyurtmachi shu kungacha topilmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Putin critic, Russian opposition leader Boris Nemtsov killed in Moscow“. Washington Post (28-fevral 2015-yil). 17-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-mart 2015-yil.
  2. Zimmerman, Malia (4-mart 2015-yil). "Crossing the Kremlin: Nemtsov latest in long line of Putin critics to wind up dead" Arxivlandi 7-mart 2015-yil Wayback Machine saytida., Fox News.
  3. „Leading Putin critic gunned down outside Kremlin“, The Telegraph (27-fevral 2015-yil).
  4. Kramer, Andrew E. (27-fevral 2015-yil) "Boris Nemtsov, Putin Foe, Is Shot Dead in Shadow of Kremlin" Arxivlandi 28-iyul 2019-yil Wayback Machine saytida., The New York Times.

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dunlop, John B. The February 2015 Assassination of Boris Nemtsov and the Flawed Trial of his Alleged Killers. An Exploration of Russiaʼs 'Crime of the 21st Century' (Stuttgart: Ibidem-Verlag, 2019), s. 197.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]