Boris Konstantinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boris Pavlovich Konstantinov [1910.23.6(6.7), Peterburg - 1969.9.7, Leningrad] — rus fizigi, akademik (1960). Asosiy ilmiy ishlari akustika, fizikkimyo, yadro fizikasi, plazmalar fizikasi, astrofizika, golografiya va boshqalarga oid. Birinchi boʻlib tovush mutlaq silliq va qattiq sirtdan qaytganda uning yutilishini aniqlagan, berk binolarda tovush reverberatsiyasining toʻlqin nazariyasini yaratgan; u eritmalarda ionlarning harakatchanligini tekshirib, kimyoviy elementlarning miqdorini va uni sifat jihatdan tahlil qilish usulini ishlab chiqqan; turgʻun izotoplarning fizikkimyoviy xossalarini tadqiq qilgan; plazmaning korpuskulyar diagnostikasini tavsiya etgan, plazmaning optik va mikrotoʻlqin diagnostikasi usulini rivojlantirgan. Konstantinov rahbarligida fotografiya, televizion va fototelevizion golografik sistemalarning parametrlari aniqlandi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Konstantinov Boris Pavlovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil