Boris Brovsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boris Vasilyevich Brovsin (1903. 20.9, SanktPeterburg — 1987.15.1, Toshkent) — rus kompozitori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). 1939 yildan Oʻzbekiston radiosi simfonik orkestrining bosh dirijyori. Asosan cholgʻu va musiqali teatr uchun asarlar yaratgan. Simfonik orkestr uchun "Fargʻona syuitasi" (Yu. Rajabiy bilan hamkorlikda), "R. Zorge xotirasiga" simfonik poema, simfoniya, skripka va orkestr uchun konsertlar muallifi. U oʻzbek musiqa merosi va bastakorlar ijodiga xos ohanglariga tayanib, "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov bilan, 1951, 3tahriri 1968), "Dahshatli kunlarda" (1984) operalari va "Semurgʻ" baletini yaratgan.

Manbalar[tahrir]