Boris Arapov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boris Aleksandrovich Arapov (1905.12.9, Peterburg – 1992.28.1) – rus kompozitori, pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). 1930 yildan Leningrad konservatoriyasida kompozitsiyadan daryo bergan, professor (1948). Leningrad konservatoriyasi bilan 1941–44 yillarda Toshkentda evakuatsiyada bo‘lgan. Sharq mavzulari va kuylariga izchil murojaat etgan. "Nasriddin Buxoroda" musiqali komediyasi (F. G‘ulom va V. Vitkovich bilan hamkorlikda, 1943; Yangiyo‘l teatri), "Jaloliddin Xorazmiy" oratoriyasi (A. Kozlovskiy bilan, 1944) va boshqa asarlari bilan o‘zbek musiqasiga hissa qo‘shgan. Opera va baletlar, 6 simfoniya, orkestr uchun konsert, "Rus syuitasi", skripka va orkestr uchun 2 ta konsert, qator vo-kalsimfonik, kamer-vokal va cholg‘u asarlar, kinofilmlarga musiqalar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Arapov Boris Aleksandrovich" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil