Bordimkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bordimkoʻl
40.902303°0′0″N 71.422820°0′0″E / 40.90230°N 71.42282°E / 40.90230; 71.42282 G OKoordinatalari: 40.902303°0′0″N 71.422820°0′0″E / 40.90230°N 71.42282°E / 40.90230; 71.42282 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Namangan viloyati
Tuman Toʻraqoʻrgʻon tumani
Bordimkoʻl xaritada

Bordimkoʻl(suv havzalari ko'p bo'lganligi uchun, ko'lga bordim deb aytishgan)Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar tipidagi aholi punkti.

Aholisi tarixda urushqoq bo'lganligi uchun "chechen" nomi bilan ham mashxur.

Bordimko'l daryo yoqasida joylashgan bo'lib, Xo'jand, Buramatut, Gulqishloq, Axsi, Chorbog' qishloqlariga qo'shni bo'ladi.

Daryo bo'yida joylashgan bo'lgani uchun ham yashash uchun juda qulay hisoblanadi va aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik, uzumchilik bilan shug'ullanadi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bordimkoʻl qishlogʻining maʼmuriy maqomi — Toʻraqoʻrgʻon tumani Xoʻjand qishloq fuqarolar yigʻini tarkibidagi Bordimkoʻl mahalla fuqarolar yigʻini hisoblanadi[1].

Bordimkoʻl qishlogʻida oʻzbek tilida taʼlim beriladigan 25-maktab[2][3] hamda 22-maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Aholisi taxminan 3,5 ming kishi. odamlar Bordimkoʻlda Qishloq vrachlik punkti mavjud[4][5]. Bordimkoʻl qishlogida mahalliy masjid[6] ham faoliyat yuritadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]