Bor nitrid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bor nitrid, BN — bornit azot bilan birikmasi. V2O3 ning qaytaruvchilar (kumir, magniy) bilan aralashmasini ammiak atmosferasida qizdirib yoki 2000° dan yuqrri trada elementlardan olinadi; oddiy sharoitda aBN — kubik, grafitsimon oq poroshok holida boʻladi. 1350° dan yuqori tra va 5 GPa bosimda katalizatorlar ishtirokida BN ning grafitsimon ashaklidan olmossimon Rshakli (borazon) hosil boʻladi. Borazon yuqori traga chidamli kimyoviy barkaror birikmadir. Bor nitrid dan oʻtga gʻoyatda chidamli materiallar, yarimoʻtkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutuvchi materiallar tayyorlanadi, oBN podshipniklarda quruq moy sifatida xizmat qiladi; borazon oʻta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil