Boqijon Muxamedsaidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boqijon Muxamedsaidov
Tavalludi 1941-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Boqijon Karimovich Muxamedsaidov (1941-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boqijon Muxamedsaidov 1941-yil Toshkentda tugʻilgan. 1965-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi fakultetini bitirgan[1]. 1965—1969-yillarda shu institutning „Umumtexnika fanlar“ kafedrasida oʻqituvchi, keyinchalik katta oʻqituvchi, 1969—1970-yillarda Moskva davlat mashinashunoslik institutida stajyor-tadqiqotchi, 1971—1974-yillarda institutning aspiranti, 1974—1979-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining „Umumtexnika fanlari“ kafedrasida katta oʻqituvchi, 1976—1979-yillarda fakultet dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini, 1979—1995-yillarda „Umumtexnika fanlari“ kafedrasiga mudiri, 1995—2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Texnika fanlari“ kafedrasi dotsenti, 2002—2011-yillarda shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan[1]. 2011-yildan hozigi vaqtgacha „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. I daraja „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni sohibi (2022)[2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1 ta monografiya, 4 ta darslik, 6 ta elektron darslik muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:OʻTOE