Bonlar (toʻsiqlar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bonlar (gollandcha boom — yogʻoch, xoda, shlagbaum) — suzuvchi hamda suv sirtida muallaq turuvchi toʻsiqlar; bir-biriga bogʻlangan xodalar sifatida yasalishi mumkin. Baʼzan, daryoning u qirgʻogʻidan bu qirgʻogʻiga tros (simarqon) tortib qoʻyiladi. B. harbiy kemalar turadigan joylar (gavan, reyd) ni yoki muhim inshootlar (mas, koʻpriklar, toʻgʻonlar va boshqalar) ni dushmanning suv osti kemalari, ulardan otiladigan torpedalar hamda suzuvchi minalardan mudofaa qiladi. "Oʻz" kemalarini oʻtkazib yuborish uchun B.da darvozalar boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil