Bombey fenomeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bombey fenomendan yoʻnaltirildi)

Bombey fenomeni – bu bir genning boshqa bir genga taʼsiridir. Misol tariqasida qon guruhlarining nasldan-naslga oʻtishini oʻrganishda hindlarning bir oilasida kuzatilgan holatni olishimiz mumkin. Bu oiladagi otaning qon guruhi birinchi – 0 onaniki uchinchi – B boʻlib, ulardan birinchi – 0 qon guruhli qiz tugʻilgan. Shu qiz ikkinchi – A qon guruhli yigitga turmushga chiqqan va ulardan ikkita farzand tugʻilib, bittasining qon guruhi – AB yaʼni toʻrtinchi qon guruhi, ikkinchisiniki esa – 0 yaʼni birinchi qon guruhli boʻlgan. Qizchalarning birida toʻrtinchi qon guruhi -AB boʻlishi orqali qon guruhlari genetikasida anamaliya hodisasi roʻy berganini bilishimiz mumkin. Shu oila aʼzolarining ayrimlari birinchi qon guruhiga ega boʻlsalarda, uchinchi (B) yoki ikkinchi (A) qon guruhlarini belgilovchi retsessiv epistatik (supressor) geni boʻyicha gomozigotali deb taxmin qilinadi. Demak bu holatda bir gen boshqa bir genni toʻsib qoʻyadi yoki oʻsha genning shakillanishiga taʼsir qilib uni belgilarini oʻzgarishiga olib keladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. P.X.XOLIKOV , A.Q.QURBONOV , A.O.DAMINOV, M.V.TARINOVA.