Bomarshe Per Ogyusten Karon de

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOMARSHE (Beaumarchais) Per Ogyusten Karon de (1732.24. 1— Parij — 1799. 18. 5) — fransuz dramaturgi. Dastlabki pesalari "Yevgeniya" (1767), "Ikki dust" (1770) da ijtimoiy tengsizlik qoralanadi. "Xotiralar" pamfleti (1773—74) da B. ning demokratik qarashlari o‘z aksini topgan. "Seviliya sartaroshi" (1775), "Figaroning uylanishi" (1784) B. ga jahonshumul shuhrat keltirdi. "Figaroning uylanishi" da yozuvchi oddiy xalq vakili — Figaroning aqlzakovatini ulug‘lab, aslzoda Almavivning johil va nodonligidan kuladi. B. komediyalari jahon teatr sahnalaridan munosib o‘rin egallagan. Ular asosida yaratilgan "Seviliya sartaroshi", "Figaroning uylanishi" operalari Navoiy nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil