Pyer Bomarshe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOMARSHE (Beaumarchais) Pyer Ogyusten Karon de (1732.24. 1— Parij — 1799. 18. 5) — fransuz dramaturgi. Dastlabki pesalari "Yevgeniya" (1767), "Ikki dust" (1770) da ijtimoiy tengsizlik qoralanadi. "Xotiralar" pamfleti (1773—74) da B. ning demokratik qarashlari oʻz aksini topgan. "Seviliya sartaroshi" (1775), "Figaroning uylanishi" (1784) B. ga jahonshumul shuhrat keltirdi. "Figaroning uylanishi" da yozuvchi oddiy xalq vakili — Figaroning aqlzakovatini ulugʻlab, aslzoda Almavivning johil va nodonligidan kuladi. B. komediyalari jahon teatr sahnalaridan munosib oʻrin egallagan. Ular asosida yaratilgan "Seviliya sartaroshi", "Figaroning uylanishi" operalari Navoiy nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil