Kontent qismiga oʻtish

Boltiqboʻyi shvedlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boltiqboʻyi shvedlari
 Shvetsiya 26,000[1]
 Estoniya 811[2]
Tillari
Eston shved, eston
Dini
Tarixiy jihatdan lyuteranlik, asosan dinsiz

Boltiqboʻyi shvedlari, shuningdek, Eston shvedlari (estoncha: Rannarootslased, shvedcha: Estlandssvenskar) — oʻrta asrlar Estoniya tarixida muhim rol oʻynagan va Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha etnik-lingvistik jihatdan ozchilikni tashkil qilgan Estoniyadagi shvedlarning umumiy nomi[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniyalik shved, 1993-yil

Estoniyalik shvedlar X—XVIII asrlarda Estoniyaning qirgʻoqboʻyi hududlarini boshqargan Skandinaviyadan kelgan qadimgi muhojirlarning avlodlari hisoblanadi. 1561—1721-yillarda Shvetsiya Estoniya yerlariga egalik qilgan. Shu sababli, XVII asrning oʻrtalarida Estoniyalik shvedlar soni taxminan 12 ming kishini tashkil qilgan. Oʻsha paytda ular Estoniya aholisining 5% dan 10% gacha boʻlgan muhim qismini tashkil qilar edi. Estoniyalik shvedlarning asrlar davomida toʻliq assimilyatsiya qilinmaganligining asosiy sababi „shved qonuni“ deb ataladigan toʻsiq edi. Bu qirgʻoq boʻyidagi shvedlar serflar emasligini, balki Shvetsiya va Finlyandiya dehqonlariga oʻxshash maqomga ega ekanligini anglatardi. Shu bilan birga, ular yer egalariga baliq, yogʻoch, gʻalla, pichan, pishloq, choʻchqa kabi maʼlum miqdorda turli xil tovarlar va mahsulotlar yetkazib berishlari, shuningdek, yer egasining kunlik ish kvotalarini bajarishlari shart edi. Eston tilida soʻzlashuvchi dehqonlar, aksincha, serflarga aylandilar[5]. Zamonaviy Estoniya hududi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgandan soʻng, shvedlar mintaqadagi oʻzlarining imtiyozli iqtisodiy va ijtimoiy darajasini saqlab qolishdi, ammo Rossiya imperiyasi tarkibidagi avtonom knyazlik maqomiga ega boʻlgan Finlyandiyadan farqli oʻlaroq, shvedlar va shved tili rasman qayd etilmadi va ular asta-sekin mahalliy aholi bilan assimilyatsiya qilishda davom etadi. Yekaterina ikkinchi butun Shvetsiya aholisini Hiiumaa orolidan Ukrainaga koʻchirish toʻgʻrisida farmon chiqardi hamda u yerda Staroshvedskoe aholi punktiga asos soladi[6].

Sovet Estoniyasida 1-2 mingga yaqin shvedlar istiqomat qilgan. Sovet davrining oxiriga kelib, estoniyalik shvedlarning eng katta qismi Tallinda yashagan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estoniyadagi shvedlar yashagan hududlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Statistika andmebaas – Vali tabel“. andmed.stat.ee. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2021. aasta rahva ja eluruumide loendus (2021 Population and Housing Census) (et, en). Statistikaamet (Statistical Office of Estonia), 2021. ISBN 978-9985-74-202-0. 
  3. „Сайт совета по культуре шведского национального меньшинства в Эстонии“. 2010-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
  4. „Гимназия с преподаванием на шведском языке.“. 2007-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.
  5. „Юло Кальм. Эстонские шведы“. 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  6. Shvedi so Zmeevki Jurnal „Vokrug Sveta“