Boltipiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boltipiq
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Boltipiq (Cardaria repens L. (Schrenk) larm.) — krestguldoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 15—20 sm. Barglari ketmaket joylashgan, gullari oq, qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi toʻrt urugʻli qoʻzoq. Aprel — iyunda gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan hamda ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Bir tup oʻsimlik 3—5 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari asosan suv orqali tarqaladi. 15—20° trada unib chiqadi. Ildizi oʻq ildiz boʻlib, tuproqqa 1,5–2 m gacha chuqur kiradi. Qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Bedapoyalar, paxtazor, sugʻoriladigan va lalmi ekinlar orasida, yoʻl yoqalari, tashlandiq yerlar, ariq boʻylari, bogʻuzumzorlarda uchraydi.

Kurash choralari: angʻizni yumshatish, yerni chuqur shudgor qilish, kultivatsiyalash va boshqa

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil