Bolish (pul)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolish (oʻlchovshunoslikda) — 1) moʻgʻullar va qisman turklar orasida (13—14 a.lar) muomalada boʻlgan tilla va kumush pul. Baʼzi manbalarda 75 dinorta, baʼzilarida 300 dinorga teng deb koʻrsatiladi. Vazni 150—600 misqol boʻlgan; 2) moʻgʻullar davlatida pul birligi oʻrnida yurgan oltin yoki kumush yombi. Chigʻatoyxon davrida (13-asr) 1 b. 300 dinorga, baʼzi hollarda 500 misqolga teng boʻlgan (Mirzo Ulugʻbek, "Toʻrt ulus tarixi", T., 1994, 3526.).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil