Bolan yoʻlagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolan yoʻlagiPokistonning gʻarbidagi, Makron va Sulaymon togʻlari tutashgan joydagi togʻ yoʻlagi. Bolan dovoni (balandligi 1792 m), Bolan daryosi vodiysi va Shirinob daryosi irmoqlaridan birining vodiysi orqali oʻtiladi. Qadimgi karvon yoʻllaridan biri. Sukkurdan Kvetta shahriga va undan Afganistan chegarasigacha boruvchi temir yoʻl va shosse yoʻli oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bolan yoʻlagi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil