Bolalar folklori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.

Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan (yana q. Bolalar oʻyin qoʻshiqlari).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1980; Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985.