Bola qochdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bola qochdi — sunnat toʻylarida xatnaga yotqizish oddidan toʻy bolani oʻrtoqlari tomonidan qishloq yoki mahalladagi xonadonlardan biriga, koʻp hollarda, togʻasi, amakisi, ammasi yoki xolasining uyiga yashirish marosimi. Bola qochdi marosimi bolalarningjoʻraboshisi rahbarligida oʻtkaziladi. Toʻy bolani xatnaga yotqizish vaqti yetgach, uning otasi joʻraboshiga pul, ziyofat uchun masalliqberadi. Shundan soʻng bolalar toʻy bolani yashirgan xonadondan olib keladilar. Bola qochdi marosimi qadimda toʻybolani yomon ruhlar xurujidan saqlab qolish, himoyalash maqsadida bir narsa yoki pul evaziga qayta sotib olish maqsadida oʻtkazilgan. Keyinchalik bu marosim oʻzining qad. sehrjodu qilish harakterini yoʻqotib, toʻyni qizitish maqsadida oʻtkaziladigan oʻyinga aylanib qoldi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil