Bojxona siyosati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bojxona siyosati — bojxona tizimi orqali amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi yoʻnalishlar va choralar majmui. OʻzRda OʻzR ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari OʻzR bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni taʼminlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragʻbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi