Bojxona posti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bojxona posti — bojxonaning muayyan joyda yoki muayyan hududda bojxona orqali rasmiylashtirishini va bojxona nazoratini toʻla hajmda amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boʻlinmasi. Yuridik shaxs huquqlariga ega emas. Bojxona posti odatda bojxona maʼmuriyatidan uzoqda, unga buysunadigan bojxona organi vakolatiga (yurisdiksiyasiga) kiruvchi hududda joylashgan boʻladi. Bojxona postining faoliyati odatda viloyatning bir-ikki tumanga, transport infrastrukturasining obʼektlariga (kichikrok daryo portlari, aeroportlar, temiryul stansiyalariga) daxldor boʻladi. Bojxona posti davlat chegarasi boʻylab deyarli xar bir oʻtish joyida tashkil etiladi. Bojxona posti yirik sanoat korxonasida xam tuzilishi mumkin. Bojxona posti koʻproq yuklarni koʻzdan kechirish va rasmiylashtirish bilan shugʻullanadi. Bojxona postining tarkibiy qismiga post boshligʻi va hududiy prinsip boʻyicha tashkil etilgan boʻlimlar kiradi. Boʻlim shtatiga boʻlim boshligʻi, bojxona xizmati bosh nazoratchisi, katta nazoratchilari va nazoratchilar kiradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi