Boj to'lovlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boj toʻlovlari — OʻzR BKning 103 — moddasiga muvofiq, tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi: boj; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bogʻliq ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻimlar; bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻimlar; bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimi; tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi; tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigʻimi; dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun xaq. Qonun hujjatlarida boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkinOʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]