Boing (samolyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"BOING" — AQSH "Boing" firmasi ishlab chiqarayotgan samolyotlarning umumiy nomi (mas, "B757", "B767", "B747300" va boshqalar). Ularning orasida fuqaro samolyoti "B747300" mashhur (1983-yildan beri ishlab chiqariladi). Uning yerdan koʻtarilishdagi massasi 380 t atrofida, bortiga bir yoʻla 660 yoʻlovchini olishi mumkin, tezligi 940 km/soat ga yetadi. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi ixtiyorida bir nechta "B757" va "B767" rusumli samolyotlar bor (2000). Yana q. Aviatsiya.