Bogʻlovchi
Bogʻlovchi (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va gap boʻlaklarini bir-biriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar („va“, „ammo“, „lekin“, „agar“, „chunki“, „uchun“ va boshqalar), takrorlanuvchi UYUSHIQ BÒLAKLAR („baʼzi“, „bir“, „goh“, „yo“ va boshqalar) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng bogʻlovchi va ergashtiruvchi bogʻlovchilarga ajratiladi. Teng bogʻlovchilar „va“, „hamda“ — biriktiruv bogʻlovchilarga („bahor keldi va daraxtlar uygʻondi“); „ammo“, „lekin“, „birok“, „balki“ — zidlovchi bogʻlovchilarga („u ishga bordi, biroq ishlamadi“); „yo“, „yoki“, „yoxud“, „goh... goh“, „dam... dam“ — ayiruvchi bogʻlovchilarga („dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi“); „na... na“ — inkor bogʻlovchilarga („na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi“) boʻlinadi. Biriktiruvchi bogʻlovchining vazifasini „bilan“ koʻmakchisi, „ham“, „da“, „u“ („yu“) yuklamalari ham bajarishi mumkin. „U“ („yu“) yuklamasi zidlovchi bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — „ki (m)“ — aniqlov bogʻlovchi („deydilarkim, oyda ham dogʻ bor“); „chunki“, „shuning uchun“, „negaki“, „toki“ — sabab va maqsad bogʻlovchi („keldi, shuning uchun quvondim“); „goʻyo“, „goʻyoki“ — chogʻishtiruv Bogʻlovchi („u tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi“); „agar“, „basharti“, „garchi“ — shart va toʻsiqsizlik bogʻlovchi („agar kelsa, gaplashaman“)larga farqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |