Bogʻbon (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bogʻbon

Film posteri
Rejissyor(lar) Ravi Chopra
Prodyuser(lar) B. R. Chopra
Ssenariynavis(lar)
  • B. R. Chopra
  • Achala Nagar
  • Satish Bhatnagar
  • Ram Govind
  • Shafiq Ansari
Hikoya B. R. Chopra
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Barun Mukherjee
Muharrir(lar)
  • Shailendra Doke
  • Godfrey Gonsalves
  • Shashi Mane
Studiya(lar) B. R. Films
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 181 daqiqa[1]
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til Hindcha
Byudjeti 10 crore[2]
Daromadi 43.11 crore[2]

Bogʻbon (asl nomi: “Baghban”) — 2003-yilda Ravi Chopra tomonidan suratga olingan Hindiston drama filmi.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raj (Amitabh Bachchan) va uning rafiqasi Puja (Hema Malini) 40 yildan beri birga yashagan va ularning 4 oʻgʻli bor: Ajay, Sanjay, Rohit va Karan. Raj nafaqaga chiqadi va rafiqasi Puja bilan uylarini tark etib, farzandlarining uylarida yashashga qaror qilishadi. Lekin farzandlari ota-onasini birga yashashini xohlashmaydi. Farzandlar ota-onalarini ajratishga qaror qilishadi. Raj va Puja har 6 oy davomida oʻgʻillardan birining uyida yashaydi. Ular ota-onalari taklifni rad etib, oʻz uylarida qoladilar deb oʻylashadi. Lekin Raj va Puja taklifni majburlikdan qabul qilishadi.

Farzandlar ota-onasiga nisbatan yomon munosabatda boʻlishadi. Raj avval Sanjay bilan, keyin Rohit bilan qoladi; Puja avval Ajay bilan, keyin Karan bilan qoladi. U Sanjay bilan yashayotganda, Rajga faqat nabirasi Rahul mehr koʻrsatadi. Raj Xemant ismli kishining kafesiga borib turadi. U yerda farzandlarining o‘ziga bo‘lgan munosabatidan afsusda bo‘lgan Raj farzandlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqargani va buning evaziga qanday ular muomala qilgani, xotiniga bo'lgan muhabbati va ularning ajralishidan kelib chiqqan azoblar haqida roman yozadi.

Bu orada Pujani oʻgʻli Ajay, kelini Kiran va nabirasi Payal haqorat qiladi. Biroq, Puja uni yigiti tomonidan zoʻrlanishidan qutqarganida Payal buvisiga qilgan yomon munosabatidan afsuslanadi.

6 oydan soʻng Puja va Raj Vijayanagarda birga vaqt oʻtkazishadi. Ular oʻsha yerda asrab olgan oʻgʻillar Alokni (Salman Khan) uchratishadi va u ularni oʻz uyiga olib keladi. Alok va rafiqasi Arpita (Mahima Chaudhry) oʻgay boʻlsa ham ota-onasiga haqiqiy oʻgʻillaridan koʻra yaxshiroq gʻamxoʻrlik qiladi.

Raj oʻzi yozgan Bagʻbon romanini nashr etilganligidan xabar topadi. Roman muvaffaqiyatli boʻlib, Rajga oʻzini va rafiqasi Puja bilan yashash uchun zarur boʻlgan pulni beradi. Romanning muvaffaqiyati tufayli ota-onalari oʻzlaridan koʻproq pul topishlarini bilib, 4 ta oʻgʻil kechirim soʻrash uchun kitob taqdimotiga borishni rejalashtirishadi. Nevaralar Rahul va Payaldan boshqa hamma ketadi. Chunki ularning bobosi va buvisi boshidan kechirgan azob-uqubatlari hamda 4 oʻgʻil u yerga faqat kechirim soʻrash uchun emas, balki faqat pullari uchun borishmoqda degan fikrda boʻlishadi. Oʻgʻillari va kelinlari kitob taqdimoti qatnashib, ota-onasidan kechirim soʻrashadi. Lekin, Raj va Puja 4 oʻgʻilni kechirishdan bosh tortadilar va ular keltirgan ogʻriq uchun ulardan voz kechadilar. Shundan soʻng Raj va Pujaning oldiga nevaralari Rahul va Payal kelishadi, Alok va Arpita tabassum bilan ularni quchoqlashadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

  • Amitabh Bachchan — Raj Malhotra;
  • Hema Malini — Puja Malhotra, Rajning rafiqasi;
  • Salman Khan — Alok Malhotra, Raj va Pujaning asrab olgan oʻgʻli;
  • Mahima Chaudhry — Arpita Malhotra, Alokning rafiqasi;
  • Aman Verma — Ajay Malhotra; Raj va Pujaning toʻngʻich oʻgʻli;
  • Samir Soni — Sanjay Malhotra; Raj va Pujaning ikkinchi oʻgʻli;
  • Saahil Chadha — Rohit Malhotra; Raj va Pujaning uchinchi oʻgʻli;
  • Nasir Khan — Karan Malhotra; Raj va Pujaning toʻrtinchi oʻgʻli;
  • Suman Ranganathan — Kiran Malhotra, Ajayning rafiqasi;
  • Divya Dutta — Rina Malhotra, Sanjayning rafiqasi;
  • Arzoo Govitrikar — Priya Malhotra, Rohitning rafiqasi;
  • Rimi Sen — Payal Malhotra, Ajay va Kiranning qizi; Raj va Pujaning nevarasi;
  • Yash Pathak — Rahul Malhotra, Sanjay va Rinaning oʻgʻli; Raj va Pujaning nevarasi;
  • Paresh Rawal — Hemant Patel; Shantining eri va Rajning doʻsti;
  • Lillete Dubey — Shanti Patel; Hemanning rafiqasi va Rajning doʻsti;
  • Mohan Joshi — Khuber Desai; mehmonxona xoʻjayini;
  • Sharat Saxena — Ram Avtaar; Rajning akasi;
  • Anang Desai — janob Verma; Kapilning otasi va Rajning kitobini noshiri;
  • Avtar Gill — Ravat; ICICI bank menejeri;
  • Asrani — Bedi; ICICI banki xodimi; Ravat va Rajning doʻsti;
  • Gajendra Chauhan — avtomobil sotuvchisi;
  • Nakul Vaid — Kapil Verma; Janob Vermaning oʻgʻli va Nillining yigiti;
  • Sanjeeda Sheikh — Nilli; Kapilning qiz doʻsti.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Baghban“. British Board of Film Classification. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  2. 2,0 2,1 „Baghban – Movie“. Box Office India.