Bogʻ oʻrmon ihotazorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bogʻ oʻrmon ihotazorlari — mevali bogʻlar, uzumzorlar va boshqa mikroiqlimini yaxshilash va tabiatning zararli omillaridan saklash uchun ular atrofiga belbogʻ usulida, bogʻ ichida karta chegaralari boʻylab barpo etiladigan daraxtzorlar. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari i. shamol tezligini susaytiradi, qishda bogʻlarni qor quyunlaridan asraydi. Bu esa mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib, rivojlanishi, hosildorligining oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari i. bogʻning chegarasi boʻylab (2—3 qatorli toʻrsimon tuzilishda) asosiy va ichki maydon,chalar boʻylab (1—2 qatorli yarim panjarasimon tuzilishda) ichki yordamchi ihotazorlardan tarkib topadi. Ichki ihotazor asosan oʻzaro 300–400 m oraligʻida joylashtiriladi. Ihotalar tutashgan joylarda 8–12 m enlikda ochiq joylar qoldiriladi. Qator oraliqlari 2,5–3 m, qatordagi daraxtlar oraligʻi 1,5–3 m boʻladi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari i. bog barpo etishdan 2—3 yil ilgari har bir mintaqaga moye tez oʻsadigan, ildiz bachki chiqarmaydigan daraxt koʻchatlari (terak, qayragʻoch, zarang , uchtikan va boshqalar) ekiladi (qarang Dala oʻrmon ihotazorlari).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bogʻ oʻrmon ihotazorlari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil