Bog'ichinor mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bog'ichinor

Bog'ichinor mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Uchtepa
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700106
Avtomobil kodi 01

Bogʻichinor mahallasi— (Hamkor koʻcha,32) Uchtepa tumanidagi mahalla. „Qoryogʻdi“, „Degrez“ va „Bekobod“ mahallalari bilan chegaradosh. Toshkent zilzilasi (1966)dan soʻng, 1966-yil „Shtab“ guzarida „Oktyabr samarasi“ mahallasi tashkil etilgan. Mahalla asosan „Eski shahar“, „Oʻqchi“, „Langar“ va boshqa mahallalardan kelgan aholidan tashkil topgan. 1978—2004 yillarda mahalla Sh. R.Rashidov nomi bilan atalgan. 2005- yildan hozirgi nomi bilan ataladi. Aholisi 3050 kishi, asosan, oʻzbeklar (2008). Mahalla hududida sartaroshxona, maishiy xizmat koʻrsatish uylari, xoʻjalik mollari doʻkoni, dorixona, kompyuter xonalar, 3 ta oziq-ovqat doʻkoni mavjud. Mahallada bir nechta fan arboblari, sanʼatkorlar, jumladan aka-uka Shoolim va Shoakbar Shojalilovlar, turgʻun Alimatov yashab oʻtgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 147 bet.