Bodroq
Qiyofa
Bodroq (bodirlash soʻzidan) — makkajoʻxori yoki bugʻdoydan tayyorlanadigan taom. B.ni xonaki usulda tayyorlashda qizdirilgan qozonga don solinib, kuruq qovuriladi (qozon taptini oshirish uchun unga qum ham solinadi). Don magʻzining agʻdarilib oqarishi B.ning tayyor boʻlganligidir. Baʼzan tayyor B.ga shakar qiyomi purkab yumaloqlanadi (kallak B.). Sanoat usulida qalamcha koʻrinishida va taʼmi mazali B. guruch, bugʻdoy, makkajoʻxori donlarini parda va poʻstdan tozalab, germetik silindrda 10—15 atm bosim bilan 250° haroratda ishlov berib, soʻngra bosimni keskin pasaytirish, choʻzilib kattalashgan donni qovurish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |