Bod (kiyim)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bod — tanda iplari (o‘rish naxlari)ning bir-birini kesib (mingashib) tushgan joyi. Uch xil bo‘ladi: toq, juft va livit B. B. olish deganda shoyi va atlas to‘qishda ikki shoda o‘rtasidagi B.ni yuqoriga surib chiqarish, B. solib olish deganda kalava mashinada ipakni mingashtirib kalavalash, B. surish deganda shoyi, atlas, beqasam tandasini oqqa yozganda livitlarni bir-biridan ajratib, tandaning u boshidan bu boshiga surish, B. tashlash deganda o‘rish ipaklar davraga o‘ralib tandalanganda bir livitning ikkinchi livit ustiga mingashib qolishi tushuniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil