Bobrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Bobrlar
American Beaver.jpg
Beaver-Szmurlo.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binomial nomi
Castor

Bobrlar (Castor), suv qunduzlari — bobrsimonlar oilasining yagona urugʻi. Uz. 100 (baʼzan 130) sm, ogʻirligi 30 kg gacha. Suvda yashashga moslashgan. Burun teshigi suvda bekiladi. Oyoqlari kalta, besh barmoqli; barmoqlari orasida parda boʻladi. Orqa oyoqlari kuchli rivojlangan. Keyingi oyoqlari ikkinchi barmogʻining tirnoqlari ikkiga ajralgan boʻlib, yungini tarash uchun xizmat qiladi. Juni uzun, qalin va yumshoq, och qoʻngʻirdan qoramtir qoʻngʻirgacha tusda boʻladi. Momiq junlari yaxshi rivojlangan. Belkurakka oʻxshash dumi yungsiz (uz. 30 sm gacha, kengligi 10—13 sm). 2 turi bor. Kanada B. (S. canadensis) — Shim. Amerikaning Alyaskadan Meksikagacha boʻlgan hududlarida tarqalgan.

Finlyandiyada va Rossiyaning turli viloyatlarida iqlimlashtirilgan. Yevropa, yaʼni dare B. (S. fi ber) — Yevrosiyoning oʻrmon zonasida, suv toshadigan oʻrmon va choʻl mintaqalarida tarqalgan. Rossiyada 20-asr boshlarida qimmatbaho terisi uchun koʻplab ovlaiganidan koʻp joylarda qirilib ketgan edi. Ovlash taqiqlanishi va qoʻriqxonalar tashkil qilinishi bilan soni koʻpayib, 60- yillardan boshlab yana ovlana boshlangan. B. kechasi va shomda faol hayot kechiradi, qishda faolligi kamayadi. Suv havzalari qirgʻogʻida in qaziydi yoki shoxshabbalar va tuproqdan uya quradi, kichik soylar va daryolarning suvini shoxshabbalar bilan toʻsib, toʻgʻon quradi. Yiliga bir marta 1 dan 6 tagacha koʻzi ochiq va tanasi yung bilan krplangan bola tugʻadi. Daraxt poʻstlogʻi va keng bargli daraxtlarning shoxshabbalari bilan oziklanadi. Qishga oziqgʻamlaydi. 35— 40 yil yashaydi. Qimmatbaho moʻynasi uchun ovlanadi, maxsus fermalarda koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil