Boboqul Rustamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boboqul Rustamov (1928.20.10— Samarqand — 2004.10.3) — terapevt va parazitolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsattan vrach (1968), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1968). SamTIni tugatgan (1948). Shu institut gospital terapiya kafedrasida ordinator (1948—51), assistent (1951—55), dotsent (1957—68), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1964—66), tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1966—75), SamTI gospital terapiya kafedrasi mudiri (1977—95), 1995 yildan professor Ilmiy ishlari gastroenterologiya va parazitologiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Gipertoniya kasalligida meʼda va meʼda osti bezining funksional oʻzgarishlarini tadqiq qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil