Bobojon Nishonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bobojon Nishonov (1930, Fargʻona viloyati Rishton qishlogʻi) — kulol, Oʻzbekiston xalq rassomi (1973). Otasi usta Nishonboy Zoirovdan hunar oʻrgangan. 1941 yildan "Yangi hayot" artelida kulol, rassom, 1970 — 90 yillardan Rishton badiiy kulollik buyumlari zavodida rassom. N. Rishton kulolligi maktabini rivojlantirdi, naqsh mujassamotini yangi mavzu va naqshlar bilan boyitdi, anʼanaviy buyumlarni mahorat bilan bezadi. N. ishlagan, sirlab bezagan sopol idishlar va badiiy buyumlar xalqaro koʻrgazmalarda namoyish qilingan; N. yaratgan ayrim badiiy buyumlar respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil